Польза комплексного очищения организма для печени и желчного пузыря
Jigar va buyraklar — organizmning asosiy filtrlari. Bu a’zolar organizmdan qondagi zaharli moddalarni, inson qabul qiladigan turli dorilarning qoldiqlarini, tuz va chiqindilarni filtrlab chiqaradi. Bu eng asosiy fermentlar va yog’larni parchalaydigan, zardob ishlab chiqaradigan, organizm immunitetini oshiradigan asosiy a’zodir. Agar jigar faoliyati buzilsa, qondagi zaharli moddalarning filtrlanishi izdan chiqadi, bemorning rangi sarg’ayadi, organizmdagi bilirubin moddasi esa qonni zaharlab, uning ahvolini yomonlashtiradi.
O’t pufagida muammo bo’lganda hazm tizimining ishi buziladi, qorindagi og’irlik, ko’ngil aynishi, holsizlik va qorin og’rig’i tufayli ahvol yomonlashadi. Ich qotishi, jigar og’rig’i va holsizlik paydo bo’ladi, bu esa o’z navbatida bavosirni keltirib chiqaradi.
Qorinning damlashi hisobiga diafragma yuqoriga ko’tariladi, yurak va o’pka ishini yomonlashtiradi, natijada yurak xuruji yuz beradi. Yurak faoliyatining buzilishi qon bosimini oshiradi va butun organizmda qon aylanish tizimini izdan chiqaradi. Boshning kuchli og’rishi, uyqusizlik, asabiylik kabi alomatlar kuzatiladi.
Ma’lumki, bitta a’zo faoliyatining buzilishi butun organizm va uning tizimlari kasalligini keltirib chiqaradi. Qancha dori ichilmasin, bu holatni to’liq tuzatish juda qiyin. Shu jihatdan eng oddiy va eng muhimi og’riqsiz usul — organizmni kompleks tozalashdir. Asosiy e’tibor har bir a’zo faoliyatini tiklashga qaratiladi.
Tozalashning bir necha usuli mavjud. Masalan, dimlangan tuzsiz guruch iste’mol qilish, tyubaj yordamida o’t pufagini tozalash, o’t pufagini duodenal zond bilan tozalash, malham va o’t damlamalarini tayyorlab, nahorga ichish mumkin. Eng samarali va eng yaxshi tozalash usuli — malhamni ovqatsiz ichib, so’ngra huqna qilishdir.