
«Hamshira bo'lib boshlaganman — bugun filial direktoriman.»

Abdullaev Murod
Men ORZU MEDICALga 2022-yil dekabrda hamshira bo'lib kelganman. Doim rivojlanishni va o'zimni yangi yo'nalishlarda sinab ko'rishni xohlardim.
2023-yil aprelda buxgalter lavozimiga o'tdim, avgustda esa moliya bo'yicha kursni tamomladim.
2024-yilda o'qib, Kaizen-murabbiy bo'ldim. Keyin o'qishni davom ettirib, MBA diplomini oldim.
2025-yil yanvarda menga Zangiota filialida HR sohasida o'zimni sinab ko'rish imkoniyati berildi. Bu men uchun yangi tajriba va yangi bosqich bo'ldi.
2025-yil oktyabrda esa filial direktori bo'ldim va bugun ham shu lavozimda ishlayapman.
Yo'limni hamshiralikdan boshlab, asta-sekin direktorlikkacha yetib keldim. Albatta, bu birdaniga bo'lmadi. Ishimni yaxshi bajarishga harakat qildim, yangi narsalarni o'rgandim va ko'proq mas'uliyatni o'z zimmamga oldim.


















