Ushbu Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash va ularning maxfiyligini ta’minlash sohasidagi siyosat (keyingi o’rinlarda “Siyosat”) “ORZU GROUP MEDICAL” MChJ (keyingi o’rinlarda “Operator”) jismoniy shaxslardan (shaxsiy ma’lumotlar subyektlaridan) olishi mumkin bo’lgan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga nisbatan amal qiladi, shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash tartibini belgilaydi va O’zbekiston Respublikasining 07.07.2019 yildagi O’RQ-547-son “Shaxsiy ma’lumotlar to’g’risida”gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan. Ushbu Siyosatning amaldagi tahriri tanishish uchun doimiy ochiq bo’lib, internet tarmog’ida quyidagi manzilda joylashtirilgan: https://orzumed.uz/
Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashdan maqsad — Operator tomonidan Foydalanuvchiga xizmatlar ko’rsatishdir.
Sayt orqali Operatorga shaxsiy va boshqa ma’lumotlarni uzatish bilan Foydalanuvchi ushbu Siyosat shartlari bilan tanishganini tasdiqlaydi va shaxsiy ma’lumotlarini ushbu Siyosatda bayon etilgan shartlarda qayta ishlashga o’z roziligini beradi.
Agar Foydalanuvchi ushbu Siyosat shartlariga rozi bo’lmasa, u Saytdan foydalanishni to’xtatishi shart.
Ushbu Siyosatning so’zsiz aksepti Foydalanuvchi tomonidan Saytdan foydalanishning boshlanishi hisoblanadi.
Ushbu Siyosat shartlarini qabul qilish bilan Foydalanuvchi quyidagilarga rozilik beradi:
– maqsadga erishish uchun zarur yoki maqsadga muvofiq bo’lgan, Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga nisbatan har qanday qonuniy harakatlarni amalga oshirishga, jumladan cheklovsiz: shaxsiy ma’lumotlarni to’plash, tizimlashtirish, jamlash, saqlash, aniqlashtirish, shaxssizlantirish, bloklash, yo’q qilish, shaxsiy ma’lumotlarni statistik hisob va ilmiy tahlil maqsadlarida qayta ishlash, shuningdek O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari bilan boshqa har qanday harakatlarni amalga oshirishga.
– shaxsiy ma’lumotlarni shaxsiy ma’lumotlarning axborot tizimiga birlashtirishga hamda xizmatlar, o’tkazilayotgan aksiyalar va chegirmalar haqida xabardor qilishga.
Ushbu rozilik, agar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa, Foydalanuvchi tomonidan Operatorga erkin shaklda yozma xabar yuborish yo’li bilan qaytarib olingan sanagacha amal qiladi.
Formani to’ldiring va menejerimiz 5 daqiqa ichida siz bilan bog’lanadi
Toshkentdagi zamonaviy ko'p tarmoqli klinika.
©2026 Все права защищены